Energetika vaziri Buxoroda gaz taʼminoti tizimi tayyorgarligini örgandi
Gaz taʼminoti sohasida xizmatlar barqarorligini taʼminlaş, texnik infratuzilmani takomillaştiriş va favqulodda vaziyatlarga tezkor javob beriş imkoniyatlarini oşiriş doimiy eʼtibor talab etadi.
Buning uçun moddiy-texnik bazani mustahkamlaş bilan bir qatorda, malakali mutaxassislar tayyorlaş va xizmatlarning amaliy salohiyatini oşiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana şu yönalişlarda Buxoro viloyatida amalga oşirilayotgan işlar energetika vaziri Şerzod Xöjayev hamda “Hududgaztaʼminot” AJ boşqaruvi raisi Maʼrufxon Xöjayev iştirokida örganildi.
Örganiş davomida “Hududgaz Buxoro” filialining avariya holatlarida foydalaniladigan moddiy-texnik bazasiga alohida eʼtibor qaratildi. Filial hududidagi zaxira ombori qayta qurilib, kengaytirilgani natijasida zarur uskuna va jihozlarni saqlaş hamda ulardan tezkor foydalaniş imkoniyatlari oşirildi.
Avariya xizmatlarining safarbarlik imkoniyatlari ham kengaytirilgan. Xususan, 14 ta maxsus brigada xizmat avtotransportlari va himoya anjomlari bilan taʼminlangan. Taʼmirlaş işlarida foydalaniş uçun 65 ta gaz payvandlaş apparati tayyorlangan. Şuningdek, ehtiyoj yuzaga kelgan hollarda foydalaniş maqsadida 5 ming dona maişiy gaz balloni zaxirasi şakllantirilgan.
Vazirlik axborot xizmatiga köra, uşbu imkoniyatlar gaz tarmoqlaridagi texnik muammolarni bartaraf etişda xizmatlarning harakatçanligini oşiriş va taʼmirlaş jarayonlarini zarur vositalar bilan taʼminlaşga qaratilgan.
Viloyatdagi yana bir muhim yönaliş esa soha mutaxassislarini tayyorlaş tizimini takomillaştirişdir. Buxoro tumanida qurilayotgan öquv-amaliyot maydonçasi aynan şu maqsadda taşkil etilmoqda. Bu yerda dual taʼlim asosida yoşlarning nazariy bilimlarini işlab çiqariş tajribasi bilan boyitiş, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlaş uçun imkoniyatlar yaratiladi.
Taşrif yakunida soha vakillari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, mavjud texnik va moddiy resurslardan maqsadli foydalaniş, avariya xizmatlarining tezkorligini taʼminlaş, ehtimoliy nosozliklarni öz vaqtida bartaraf etiş hamda gaz isteʼmolçilariga barqaror xizmat körsatiş böyiça işlarni tizimli davom ettiriş topşirildi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA