Emmanuel Petit: “Futbol asta-sekin shouga aylanib bormoqda”
Suv ichish tanaffusidan keyin esa o‘yin butunlay o‘zgarib ketadi va ko‘pincha ortda qolayotgan jamoa yana kurashga qaytadi.
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Petit JCH–2026ning tijoratlashuvi haqida fikr bildirib, zamonaviy futbol tobora shou tusini olayotganini ta’kidladi.
"Bu shouning bir qismi. Bu safargi turnirda avvallari uchramagan ko‘plab holatlar kuzatilmoqda. Ochig‘i, ba’zida bu me’yoridan oshib ketayotgandek tuyuladi. Eng muhimi — futbolning o‘zi va uning ritmini asrab qolish.
Masalan, suv ichish tanaffuslarini olaylik. Ayrim vaziyatlarda ular, albatta, zarur. Fransiya — Paragvay uchrashuvida havo harorati 35 darajaga yetgandi, bunday holatda tanaffusni tushunish mumkin.
Ammo aksariyat o‘yinlar yopiq tom va konditsioner tizimiga ega stadionlarda o‘tkazilmoqda. Jamoalar endigina o‘yin ritmini topayotgan paytda bahs to‘xtatiladi. Suv ichish tanaffusidan keyin esa o‘yin butunlay o‘zgarib ketadi va ko‘pincha ortda qolayotgan jamoa yana kurashga qaytadi. Men bunday holatlarni bir necha bor kuzatganman.
Men futbolning biznes ekanini tushunaman. U asta-sekin Amerika sport turlariga o‘xshab bormoqda — televizion reklama, turli tijoriy elementlar paydo bo‘lmoqda. Investorlar mablag‘ kiritayotganini ham yaxshi bilaman. Ammo ba’zida bularning barchasi oqilona chegaradan oshib ketayotgandek ko‘rinadi", — dedi Petit.