Ellikqal’ada issiqxonachilik rivojlanmoqda (+video)
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi 12 gektar maydonda joylashgan issiqxonalarda asosan pomidor, bodring va sitrus mevalari yetishtirilmoqda.
“Umidbek Odilbek” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 3 gektar maydondagi zamonaviy issiqxonada limonariya tashkil etilgan. Xitoy texnologiyasi asosida barpo etilgan ushbu issiqxonaga Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridan keltirilgan yuqori navli qariyb 4 ming tup limon ko‘chati ekilgan.
Ayni paytda ko‘chatlar hosilga kirgan. 30 nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan issiqxonada yiliga o‘rtacha 7–8 tonna limon yetishtirilmoqda. Mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda, kelgusida eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shuningdek, korxona qoshida 500 tonna sig‘imga ega muzlatkich ombori qurilgan. Unda kartoshka, sabzi va boshqa turdagi sabzavot mahsulotlari zaxirasi yaratilgan.
[gallery-27847]
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi sayyor laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan issiqxonada fitosanitar holat o‘rganilib, mahsulotlardan namunalar olish va joyida laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Lu6aFn1cHjE" title="Ellikqal’ada issiqxonachilik rivojlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA