Elektr ta’minoti korxonasiga yana 5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Energetika sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, elektr energiyasidan samarali va maqsadli foydalanish juda muhim. Negaki, mazkur sohadagi har qanday noqonuniy ulanishlar va talon-toroj holatlari nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki elektr ta’minoti tizimining barqarorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan birida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, “I. Sh.” MCHJga tegishli ishlab chiqarish sexi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, qonun talablarini buzgan holda elektr energiyasidan foydalanib kelgan.
Olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 5 milliard 461 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA