Elchilar oldidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda bir qator qonun loyihalari muhokamasi ko‘zda tutilgan.
Majlis avvalida Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov mamlakatimiz hayotida bo‘lib o‘tgan muhim voqeliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, davlatimiz rahbari raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Prezident tomonidan belgilangan vazifalarga to‘xtaldi.
— Davlatimiz rahbari bugungi kunda dunyo sahnidagi geosiyosiy vaziyatni tahlil qilgan holda mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati tahlil qilinib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish, iqtisodiy manfaatlarni ta’minlash, investitsiyalar hajmini, turistlar sonini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Endi diplomatik vakolatxonalar faoliyati eksport tushumlari, investitsiya jalb qilish, yangi bozorlar ochish, turistlar oqimini ko‘paytirish va texnologiyalar jalb etish kabi ko‘rsatkichlar bilan baholanishiga e’tibor qaratildi. Elchi endi faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy natija uchun ham javobgar ekani qat’iy belgilandi.
M.Komilova,
O‘zA