Ekologik talablarga rioya qilmagan korxonalar faoliyati to‘xtatildi (+video)
Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan ayrim metalni qayta ishlovchi korxonalarda ekologik qonun buzilishlar aniqlanib, ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
E’tiborlisi, o‘rganishlar davomida ba’zi korxonalar atmosferaga me’yordan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotgani, hatto ekspertizada ko‘rsatilmagan noqonuniy pechlardan foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu esa nafaqat atrof-muhitga, balki aholi salomatligiga ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/R_NXM0vlYq0" title="Ekologik talablarga qo'ymagan korxonalar faoliyatini to'xtatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, O‘zA