Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi va Navoiy shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.
Jumladan, Navoiy shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro 2-guruh nogironi Oleg Malikov, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi Asadbek Rustamov, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi kam ta’minlangan Umida Ochilova, ehtiyojmand fuqaro Zilola Rahimovalar xonadoniga tashrif buyurildi.

Bundan tashqari, fond xodimlari “Yangiariq” mahallasida yashovchi ehtiyojmand fuqarolar Naima Kamolova hamda Roza Tagayevalar bilan uchrashdi. Ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, taklif va murojaatlari tinglandi.
Ularga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.


A.Bo‘riyev, O‘zA