“Eco Expo Central Asia 2026”: Toshkent shahri paviloni poytaxtning «yashil» qiyofasi va innovatsiyalarini namoyish etmoqda (+video)
Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan Toshkent shahri pavilonida poytaxtimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish hamda chiqindilarni boshqarish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritilmoqda.
Tashrif buyuruvchilarga shaharda qulay va sog‘lom ekologik muhit yaratish borasidagi islohotlar, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan loyihalar hamda istiqboldagi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Mazkur pavilon Toshkent shahrining ekologik sohadagi ilg‘or tajribalarini namoyish etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda poytaxt ekotizimiga yangi innovatsion loyihalarni jalb etish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/E-GCNqEQrYg" title="Eco Expo Central Asia 2026" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA