Dzyudochilarimizning jahon chempionatidagi ilk raqiblari aniq bo‘ldi
Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Unda dunyoning 59 davlatidan 457 nafar yosh dzyudochi ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar qatorida tatamiga chiqadi.
Chempionatga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining musobaqadagi ilk raqiblari ma’lum bo‘ldi. Musobaqaning birinchi kungi bellashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, terma jamoamiz vakillari quyidagi raqiblar bilan bahs olib boradi:
O‘g‘il bolalar:
-50 kg: Sahoxo‘ja Sayfulloyev – Emiliano Garsiya (Ekvador)
-55 kg: Bobur Yusupov – Nikolos Mushtarauli (Gruziya) / Xuan Soriano (Ekvador)
-60 kg: Abubakr Sattorov – Amir Temirbayev (Kanada)
-60 kg: Davlat Ahrorov – Sanjar Abdildayev (Qirg‘iz Respublikasi) / Xuan Nay-Syuan (Xitoy Taypeyi)
-66 kg: Akromjon Karimov – Georgiy Kapanadze (Gruziya) / Sergey Gevorgyan (Armaniston)
-73 kg: Behruzbek Usmonov – Mixail Belyakov (AQSH)
-81 kg: Samandar Sunnatov – Ruben Korona (Meksika) / Daniel Yurkovshi (Fransiya)
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov – Sem Dennemon (Fransiya) / Mungundul Batjargal (Mo‘g‘uliston)
+90 kg: Alibek Durdiyev – Georgiy Laliashvili (Ispaniya) / Markus Rosa (Braziliya)
Qizlar:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova – Sunay Salamova (Ozarbayjon) / Soyol-Erdene Gansux (Mo‘g‘uliston)
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva – Stefani Aldana (Kolumbiya) / Shen Ting-Yu (Xitoy Taypeyi)
-44 kg: Alina Kolyucheva – Stamatina Uranitsa (Gretsiya)
-48 kg: Charos Hikmatova – Miya Mari Birmann (Germaniya)
-48 kg: Mohinur Ollaberganova – Jordanna Espin (Ekvador)
-57 kg: Ziyoda Javlonova – Yuliya Semko (Polsha)
-57 kg: Zuhra Alimova – Mariyam Guliashvili (Gruziya) / Domenika Tenesaka Peralta (Ekvador)
-63 kg: Parizoda Yo‘ldasheva – Anudari Enxtayvan (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Gulsanam Hazratova – Dalida Elgarbavi (Misr)
-70 kg: Poshshajon Jumaboyeva – Mariya Eleni Papayoannu (Gretsiya).
O‘zbekistonlik yosh dzyudochilarning jahon chempionatidagi ishtiroki mamlakat sport muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Terma jamoamiz vakillari tatamida munosib ishtirok etib, medallar uchun kurash olib borishi kutilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA