Dzyudochilarimiz Tbilisi turniri bellashuvlarida tatamiga chiqadi
Bugun, 22-mart kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta dubulg‘a" turkumidagi xalqaro turnirning so‘nggi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
51 ta davlatning mahoratli dzyudochilari qatnashayotgan xalqaro turnirning oxirgi kungi bellashuvlarida erkaklar -90, -100 va +100 kilogrammda, ayollar: -78 va +78 kilo og‘irlikda kechadigan kurashlarda tatamiga chiqadi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Umar Bozorov va Nurbek Murtazoyev -90 kilogrammda, Amirsaid Jeyliyev, -100 kilogrammda, O‘tkirbek To‘raboyev +100 kilo og‘irlikda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
“Los-Anjeles-2028” Olimpiadasi hamda xalqaro reyting uchun qimmatli ochkolarini taqdim etadigan xalqaro turnirda umumjamoada 2 tadan oltin medal jamg‘argan Isroil va Turkiya jamoalari peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi hisobida hozircha bitta bronza medali mavjud.
T.Ro‘ziyev, O‘zA