Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatida qatnashmoqda
Bugun, 16-aprel kuni Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining ilk kunida erkaklar -60, -66, ayollar esa -48, -52 kilogramm og‘irlikda bellashadi.
19 ta davlatning 200 nafarga yaqin dzyudochisi ishtirok etayotgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar a’zosi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Qit’a birinchiligining ilk kungi bellashuvlarida terma jamoamizning 5 nafar a’zosi tatamida o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
-48 kg: Laziza Haydarova — Shen Yi-Chun (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Sita Qadamboyeva — Lam Ti Ngan Ha (Vetnam)
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Vey Ling Yun (Xitoy)
-60 kg: Doston Ro‘ziyev — Konstantin Simeonidis (BAA)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov — An Xyun Vu (Koreya Respublikasi)
T.Ro‘ziyev,
O‘zA