Dzyudo: “Zagreb Grand Prix 2026”ning bugungi bellaşuvlarida Diyora Keldiyorova qatnaşadi
Bugun, 13-noyabr kuni Xorvatiya poytaxti Zagreb şahrida dzyudo böyiça "Los-Anjeles-2028" Olimpiadasi yölida reyting ballari taqdim etadigan “Zagreb Grand Prix 2026” turniri boşlanadi.
Musobaqaning ilk kungi bellaşuvlarida erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida sovrinli örinlarga daʼvogarlik qiladi.
Bugungi bellaşuvlarda terma jamoamiz aʼzolaridan Azizbek Ortiqov (-66) va Parij Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova (-52) kuraş olib boradi.

Keça musobaqa uçun taşlangan qurʼa natijalariga köra, "Zagreb Grand Prix 2026”ning bugungi bellaşuvlarida Diyora Keldiyorova qozoğistonlik Arujan Yerejepova bilan, Azizbek Ortiqov Felipe Dakruz (Livan) va Abderahman Bouşita (Marokaş) qarama-qarşiligining ğolibi bilan töqnaş keladi.
Dunyoning 68 ta davlatidan 476 nafar mahoratli dzyudoçilar iştirokida boşlanayotgan nufuzli musobaqada Özbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi qatnaşmoqda.
Xalqaro turnir bahslari 15-noyabrga qadar davom etadi.
T.Röziyev,
ÖzA