Durov garov evaziga ozod qilindi
Parij sudi “Telegram” asoschisi Pavel Durovni ozod qildi. Shahar prokuraturasi ma’lum qilishicha, mahbus besh million yevro garov to‘lash majburiyati bilan qo‘yib yuborilgan. U haftada ikki marta politsiya bo‘limiga kelishi shart, Fransiyani tark etolmaydi.
Parij prokuraturasi matbuot xabarnomasida keltirilishicha, Durovga uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq turli ayblov qo‘yilgan.
“France 24” telekanalida tergov mamlakat rasmiylari “Telegram” sud so‘roviga amalda javob bermayotganini payqaganidan keyin boshlangani, bunga Yevropaning boshqa davlatlari, masalan Belgiya vakillari ham ishora qilgani aytildi.
Poytaxt prokuraturasi ko‘rsatmasi bilan 2024 yil fevralda dastlabki surishtiruv boshlangan, sud esa 8 iyulda tergovga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Durov 24 avgust kuni kechqurun Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.