Dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati e’lon qilindi
Ilon Mask ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Uning boyligi 263 milliard dollarga baholangan va u bir yilda 33,5 milliard dollar ishlab topgan.
Ikkinchi o‘rindan Amazon asoschisi Jeff Bezos (209 milliard, +32,2 milliard), uchinchi o‘rindan esa Mark Sukerberg (201 milliard, +72,9 milliard) joy olgan.
Ro‘yxatda Ukraina bilan urush holatida bo‘lgan Rossiyaning jami 9 nafar fuqarosi fuqarosi bor. Bloomberg ro‘yxatiga kiritilgan rossiyalik milliarderlarning boyligi yil boshidan buyon 26 milliard dollarga ko‘paygan.
32,2 milliard boylikka ega Vladimir Potanin rossiyalik milliarderlar orasida yetakchilik qilmoqda.
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/T7V_t9SnbdU" title="Dunyoning eng boy odamlari roʻyxati eʼlon qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdialiyeva, O‘zA