Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

AQSH. Florida shtatidagi Pompano-Bich shahrida joylashgan Meduza muzeyida yapon dengiz meduzasi namoyish etilmoqda.

Eron. Tehrondagi gavjum chorrahada AQSHga qarshi banner o‘rnatilgan.

Belgiya. Belen shahridagi Xoutes-Fan qo‘riqxonasida xodim yong‘inni o‘chiryapti.

Boliviya. Al-Alto shahrida qor yog‘ayotgan payt ayol avtobusga chiqyapti.

Chili. Paposoda buldozerlar sel va ko‘chkidan yemirilgan tog‘ yo‘lini tuzatyapti.

Kolumbiya. Pereyra shahrida qutqaruvchilar zilzila qurbonini vayrona orasidan olib chiqmoqda.

Pokiston. Ravalpindi shahrida kuchli yomg‘irdan so‘ng sohib uyiga kirgan suvni haydayapti.

Nigeriya. Ayetoroda fuqaro qirg‘oq eroziyasidan zararlangan tashlandiq bino yonidan o‘tyapti.

Serbiya. Deliblatska-Peshcharada o‘t o‘chiruvchilar ish ustida.

Uels. Konvi shahrida “Greenpeace” tomonidan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Byornemga qaratilgan art-asar namoyish etildi.

AQSH. Dirborn shahrida neonatsist namoyishchi o‘ng radikallar mitingida ishtirok etmoqda.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA