Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Buyuk Britaniya. Nyukaslning “Utilita Arena” majmuasida o‘tkazilayotgan “The Immersive Experience” ko‘rgazmasida mashhur rassom Van Gogning 300 dan ortiq asari proyeksiyalar orqali namoyish etilmoqda.

Xitoy. Xanchjou Sharqiy temir yo‘l vokzalining kutuv zalidagi yo‘lovchilar.

Senegal. Fatik hududida “Diobaye” an’anaviy ovchilik yig‘inidagi holat.

Yaponiya. Vakayama prefekturasidagi festivalda ishtirokchilar tantanali yurishda qatnashmoqda.

Fransiya. Parij janubidagi Fontenblo o‘rmonida yong‘indan keyingi manzara.

Gretsiya. Afinadagi “Marfin” bankiga o‘t qo‘ygan deb gumon qilingan shaxslardan biri tergovga olib ketilmoqda. Ta’kidlanishicha, 2010-yil may oyida mazkur bankda yuz bergan yong‘in oqibatida uch nafar xodim halok bo‘lgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA