Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Vashington, AQSH. “Marti nomli bug‘u” senator Jinn Sheyxin idorasi xodimlari yordamida Kapitoliy tepaligida o‘tkazilgan “Experience New Hampshire” tadbiriga ko‘chirildi.

Busra al-Harir, Suriya. Livan janubida Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan Al-Haririylar oilasining to‘rt nafar a’zosi dafn etildi.

Parij, Fransiya. Installyatsiya noqulay ob-havo sabab shikastlangach, rassom JR ijodiga mansub “La Kavern” asarining bir qismi ta’mirlash uchun Pon-Nyof ko‘prigidan olib qo‘yildi.

Ukraina. Kechasi amalga oshirilgan raketa zarbasidan so‘ng odamlar hududni tozalamoqda. Hujum natijasida uch kishi, jumladan 22 yoshli homilador ayol halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.

Pxenyan, Shimoliy Koreya. Xitoy raisi Si Szinpin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvdan so‘ng aeroport tomon yo‘l olgan kortejda kuzatildi.

Yoxannesburg, Janubiy Afrika. Klivlend sud-kriminalistika guruhi a’zolari norasmiy aholi yashash hududida sodir bo‘lgan otishma joyidan jasadni olib chiqmoqda.

Yangi Gvineya. Bismark dengizidagi suv osti vulqoni yaqinida tutun ko‘tarilayotgani sun’iy yo‘ldosh tasvirida aks etgan.

G‘azo shahri. Insonparvarlik yordam tanqisligi kuchaygan sharoitda ayollar va bolalar xayriya oshxonasida taom olish uchun navbat kutyapti.

Nyufaundlend, Kanada. Baffin oroli va Grenlandiyadan har bahor ajralib chiqadigan yirik muz parchasi qirg‘oq bo‘yidagi “Misteyken-Poynt” ekologiya qo‘riqxonasi yaqinida suzib yuribdi. Bunday muz bo‘laklari sohil bo‘ylab cho‘zilgan “Aysberg Elli” deb ataladigan yo‘lak orqali harakatlanadi.

Glan, Filippin. Sarangani muzofotini 7,8 magnitudali zilzila larzaga solgan, mahalliy aholi o‘z uylariga yetgan zararni baholamoqda.

Berlin, Germaniya. Sharite Virxov shifoxonasida ikki hamshira dezinfeksiya simulyatsiyasida ishtirok etyapti. Shu muassasada bir necha kun oldin Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirgan bemor muvaffaqiyatli davolanib, sog‘ayib chiqqan.

Durban, Janubiy Afrika. Ksenofobik hujum sabab uyini tashlab qochgan xorijiy fuqarolar xiyobondan boshpana topdi. Gana, Mozambik, Malavi kabi davlatlar shu oy Janubiy Afrikadan yuzlab fuqarolari vatanga qaytargan.

Gavana, Kuba. Yonilg‘i taqchilligi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oqibatida mahalliy hokimiyat muntazam sanitariya xizmatini ta’minlashga qiynalayotgani sababli, ko‘chada chiqindi to‘planib qolgan.

Fransiya. Dunyoning eng qadimiy avtosport chidamlilik poygasi “24 soatlik Le Man” boshlanishidan oldin giperkarlar start chizig‘ida saflanib turibdi.

Buenos-Ayres, Argentina. Futbol afsonasi Diyego Maradonaning muxlislari uning o‘limi bilan bog‘liq sud jarayonidagi eshituv vaqti sud binosi tashqarisida to‘plangan.

Nyuport-Bich, AQSH. Janubiy Kaliforniya sohilidagi kuchli janubiy to‘lqin chog‘i “Wedge” hududida Serfer muvozanatini yo‘qotib, suvga yiqildi.

Mogadisho, Somali. Hakam Umar Abdulqodir Artan AQSHga kirishga ruxsat berilmagani uchun FIFA Jahon chempionati o‘yinlarida hakamlik qila olmay, yurtiga qaytib keldi. Somalida uni qahramon sifatida kutib olishdi.

La Libertad, Salvador. “Kristina” tropik bo‘roni yaqinlashishi bilan hosil bo‘lgan kuchli to‘lqin yopilgan qirg‘oq yo‘lagiga urildi.

Kartaxena, Kolumbiya. “Vatanni qutqaruvchilar” harakati nomzodi va Tramp tarafdori sifatida tanilgan De la Esprielya Abelardo tarafdorlari 21-iyunda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi tur oldidan o‘tkazilgan saylov oldi mitingida ishtirok etmoqda.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA