Dronlar orqali huquqbuzarliklar aniqlanmoqda
Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida uchuvchisiz uchish apparati, ya’ni dronlarda huquqbuzarliklar aniqlanmoqda.
– Reyd davomida uchuvchisiz uchish apparati yordamida huquqbuzarlik holati aniqlandi, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zamira Abdullayeva. – Fuqaro L.T. tomonidan G‘allaorol tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Sangzor” daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini hech qanday ruxsatsiz qazib olgan holati aniqlandi va mazkur holat yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 3 million so‘m jarima hisoblandi.
Bu kabi tezkor reydlar viloyatning turli hududlarda o‘tkazilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA