Dori qabul qilmay desangiz...
Jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish inson salomatligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.
Ibn Sino oʻgiti
Jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish inson salomatligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Kam harakatlilik esa inson organizmida turli yuqumli boʻlmagan kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Abu Ali ibn Sino asarlarida ham jismoniy mashqlarning sogʻlomlashtiruvchi va davolovchi tajribadagi oʻrni va roli haqida soʻz yuritilib, jismoniy mashqlarga toʻxtovsiz, chuqur nafas olishga olib keluvchi erkin harakatlar, deya taʼrif berilgan.
Agar inson moʻtadil va oʻz vaqtida jismoniy mashqlar bilan shugʻullansa va tartibga rioya qilsa, u davoga ham, dorilarga ham muhtoj boʻlmasligi aytilgan. Mashqlarni toʻxtatar ekan, u soʻnadi, deya izoh bergan hakim. Jismoniy mashqlar mushaklarni, boʻgʻimlarni, asabni mustahkam qiladi. Shuningdek, mashqlarni bajarishda yoshni ham inobatga olish kerakligi eslatib oʻtiladi.