Donald Tramp uchrashuvni bekor qildi
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning brifingda taʼkidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi dekabrga belgilangan Katta yigirmalik sammiti doirasidagi uchrashuvini bekor qiladi.

Kotibning soʻzlariga koʻra, Tramp Argentinaga parvozi chogʻida davlat kotibi Maykl Pompeo, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Jon Bolton va Oq uy maʼmuriyati rahbari Jon Kelli bilan maslahatlashganidan keyin shunday qarorga kelgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp oʻzining “Twitter”dagi sahifasida Kerch boʻgʻozidagi voqealar sabab Putin bilan uchrashuvini bekor qilishini yozgandi.