Donald Tramp JCh-2026 dagi dastlabki g‘alabadan keyin AQSh terma jamoasiga minnatdorchilik bildirdi
Guruh bosqichining 2-turida AQSh terma jamoasi Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘z maydonlarida o‘tayotgan 2026-yilgi jahon chempionatining ilk uchrashuvida AQSh milliy terma jamoasi Paragvay termasi ustidan 4:1 hisobida yirik va ishonchli g‘alabani tantana qildi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Maurisio Pochettino shogirdlarining ushbu muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi.
"AQSh terma jamoasini kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Shunday davom eting", — deyiladi prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.
Guruh bosqichining 2-turida AQSh terma jamoasi Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs juma kuni, 19-iyun sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.