Dog‘istonda gaz quvurida portlash, Irlandiyada tartibsizliklar va Ukraina–Latviya dron kelishuvi — kunning eng muhim xorij xabarlari
Rossiyaning Dog‘istonida magistral gaz quvurida yuz bergan portlash ortidan yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi, Shimoliy Irlandiyada esa migrantlarga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib, uylar va transport vositalariga o‘t qo‘yildi. Janubiy Afrika Respublikasida ommaviy otishma 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lsa, Indoneziyada huquq faoliga kislota sepgan harbiy ofitserlarga nisbatan sud hukmi chiqarildi.
Shuningdek, Ukraina va Latviya dronlar sohasida strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi, Pokiston esa Afg‘oniston hududiga berilgan havo zarbalari natijasida 26 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Bu va boshqa dolzarb xalqaro voqealar haqida «Xorij xabarlari»ning navbatdagi sonida batafsil tanishishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lX1UzXXh21E" title="Xorij xabarlari 10.06.2026" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov, O‘zA