Dizel yoqilg‘isini talon-taroj qilmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Navoiy viloyati Zarafshon shahar sanoat zonasi hududida harakatlarida shubha uyg‘otgan UAZ rusumli transport vositasi shu hududda joylashgan qo‘riqdagi ob’ektda xizmat olib borayotgan Qo‘riqlash xodimlari tomonidan qonunchilikka muvofiq to‘xtatib tekshirildi.
O‘rganishlar jarayonida avtotransport yukxonasida 41 dona idishda har biri 30 litrdan bo‘lgan dizel yoqilg‘isi hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib ketayotganligi aniqlangan.
Dastlabki o‘rganishlar jarayonida transport vositasi egasi L.M. yoqilg‘ilarni ishlab chiqaruvchi zavod hududidan olib chiqqanligi va yuklarni sotib shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflashini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan shahar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari xodimlariga topshirilgan.
Hozirda Zarafshon shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri