Devid Bekxem: "Bellingemning mahorati Angliyaga katta yordam beradi"
Muxlislar Bellingemning mehnatsevarligi va ajoyib fazilatlarini ko‘rishdi.
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq yulduzi Devid Bekxem Jud Bellingem haqida gapirdi.
"Bellingem faoliyatining boshida "Birmingem" va "Borussiya Dortmund"da o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Ammo uning "Real Madrid"ga o‘tishi buning barchasini o‘zgartirib yuborishi mumkin deb o‘ylagandim. Uning Madriddagi ilk mavsumi shunchaki aqlbovar qilmas darajada o‘tdi. U La Liga to‘purari bo‘lishi ham mumkin edi. Muxlislar Bellingemning mehnatsevarligi va ajoyib fazilatlarini ko‘rishdi. Jud boshqalar qila olmaydigan ishlarni qilishga qodir va uning mahorati Jahon chempionatida Angliya terma jamoasiga juda qo‘l keladi", - dedi sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingem 2023-yilning yozida Dortmundning "Borussiya"sidan “qirollik klubi" safiga kelib qo‘shilgan edi.