Deputatlar "Yoshlar kuni" doirasida uchrashuv o‘tkazdi
Prezidentimizning shu yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqoti davomida ilgari surilgan tashabbusga muvofiq, vazirlik, idora va tashkilotlarda har payshanba kuni "Yoshlar kuni"ni o‘tkazish an’ana tusini olmoqda.
Mutasaddilar yoshlar bilan uchrashuvlarda ularning muammolarini o‘rganish va hal etishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikumida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati doirasidagi islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Muloqotda yoshlarning fikr va mulohazalari ham tinglanib, ularni qiziqtirayotgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
M.Komilova, O‘zA