Deputat ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Mamlakatimizda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olish, nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, hozirgi pandemiya davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni nazardan qochirmay, ularga madad berish muhim ahamiyatga ega.
Xususan, Toshkent viloyatida ham “Savob ishni har kim qilishi kerak, har kuni qilishi kerak” shiori ostida tashriflar davom etmoqda. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, deputat Makar Yakovlev tomonidan Bekobod shahridagi “Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar va “Sahovat uyi”da xayriya tadbirlarini o‘tkazildi.

Unda deputat tomonidan 10 ga yaqin oilalarga 10 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatildi.
– Bizga ko‘rsatilgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi, – deydi Zuxra Oblakulova. – Har bir bayram, yaxshi kunlarda xalq vakillari va qo‘ni-qo‘shnilar yo‘qlab turadi. Mehr-oqibatli xalqimizdan, xonadonimizga fayz keltirgan tashkilotchilardan juda xursandman.

Shuningdek, Mahalla raisi hamda “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyati faol a’zosi Murat Mirkamilovlar ishtirokida shaharning “Sahovat uyi” qariyalari uchun ham oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Ular bilan dildan suhbat qilindi.