Dengiz jonivorlari halok bo‘lmoqda
Sardiniya qirg‘oqlarida kashalot jasadi topildi.
Sardiniya qirg‘oqlarida kashalot jasadi topildi. Uning oshqozonida 22 kilogramm plastik chiqindisi borligi aniqlangan. Mahalliy ekologlar ma’lumotlariga ko‘ra, dengiz jonivori qornidagi homilasi bilan halok bo‘lgan.
“Euronewsning yozishicha, ushbu hodisa yuzasidan Italiya ekologiya vaziri Serjio Kosta ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qayd qoldirgan. Unda suv havzalaridagi chiqindilar faqat Italiyaning emas, balki butun jahonning muammosi ekanligi, har bir mamlakat bunga qarshi kurashishi lozimligi aytiladi.
Bugungi kunda dengizlardagi chiqindilarning 85 foizini plastiklar tashkil etadi. YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, har yili bir milliondan ziyod dengiz qushlari va suv havzalaridagi 100 mingdan oshiq sut emizuvchilar plastik chiqindilar tufayli halok bo‘lmoqda.