Dehlida mingdan ortiq kulba yonib ketdi
Hindiston poytaxti Dehli shahrining sharqiy qismida Tuglakobod tumanida mingdan ziyod kulba yonib ketdi, dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, yongʻin tufayli hech kim jabrlanmagan, deb maʼlum qildi Zee news telekanali.

“Biz kambagʻallar yashaydigan kulbalarda yongʻin chiqqanini yarim tunda bildik. Shundan keyin oʻt oʻchiruvchilarni chaqirdik. Yongʻin tong saharda bartaraf etildi. Jarohat olganlar yoki qurbon boʻlganlar haqida maʼlumot berilmadi“, — dedi yongʻin oʻchirish xizmati vakili Atul Garg.
Uning taʼkidlashicha, yongʻin ushbu tumandagi kulbalarning qariyb yarmini yoʻq qilgan. Ayni paytda ofat sabablari oʻrganilmoqda.
Xabarda yongʻindan hech kim jabr koʻrmaganligiga odamlarning kulbalarini oʻz vaqtida tark etgani sabab boʻlgan, deyilmoqda.