De la Fuente: “Hozirgi Fransiya 2025-yildagidan kuchliroq”
Biz o‘yinni o‘z foydamizga buradigan vaziyatlarni yaratishga harakat qilamiz.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH–2026 yarim finali oldidan Fransiya terma jamoasi haqida fikr bildirdi.
“Hozirgi Fransiya 2025-yildagidan kuchliroq jamoa. Futbolchilar rivojlandi, ularning individual sifati yanada oshdi. Mbappe ham, Dembele ham oldingidan kuchliroq. Aslida, barchamiz rivojlandik va har bir futbolchi o‘z o‘yinini yaxshiladi”, — dedi de la Fuente.
Mutaxassis 2025-yilgi Millatlar ligasi yarim finalida Ispaniyaning 5:4 hisobidagi g‘alabasidan qanday xulosa chiqargani haqida ham gapirdi.
"Bu butunlay boshqa o‘yin bo‘ladi. O‘sha uchrashuvdan biz ham, raqib ham kerakli saboqlarni oldik.
Biz o‘yinni o‘z foydamizga buradigan vaziyatlarni yaratishga harakat qilamiz. Masalan, o‘sha bahsning so‘nggi 15 daqiqasida hisob 5:1 dan 5:4 ga aylangandi. Bunday holatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.
Bizning o‘yin uslubimiz boshqacha. Qaysi jamoa o‘z futbolini raqibga qabul qildira olishi hal qiluvchi omil bo‘ladi. Ayniqsa, Fransiyaning hujumga tez o‘tishlari juda xavfli, shu sababli bu vaziyatlarda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak", — dedi Ispaniya bosh murabbiyi.