Davlatimiz rahbari Ostona şahriga keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II taklifiga binoan Ostona şahriga keldi.
Aeroportda mamlakatimiz yetakçisini Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Ertaga, 6-noyabr kuni Prezidentimiz sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlaş, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda işlatilişi bilan kuraşiş hamda yangi texnologik xatar va tahdidlarga qarşi turişda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi.
