Davlat ramzlarida Vatan tarovati mujassam (+video)
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, o‘z bayrog‘imizga ega bo‘ldik. 1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun bizga farahbaxsh g‘urur va surur bag‘ishladi. Ayni kunlarda bayrog‘imiz qabul qilinganining 33 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng tantana qilinyapti.
Sana munosabati bilan Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida viloyat hokimligi hamkorligida tadbir o‘tkazildi.
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ardoqli sanalishi, boisi ularda Vatanning surati, mehru tarovati, xalqimizning mardonavor o‘tmishi, bugungi fidokorligi va istiqboli namoyon etilishini ta’kidladi.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/MWQF8vLlMh0" title="Davlat ramzlarida Vatan tarovati mujassam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>– O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i jahonning turli nuqtalarida mag‘rur hilpirab turibdi, – deydi Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi To‘maris Soliyeva. – Ayniqsa, sport arenalarida, milliy terma jamoalarimizning ishtirokidagi xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda nufuzli bellashuvlarda yurtimiz sportchilari g‘oliblik shohsupasida turganida bayrog‘imizning baland ko‘tarilishi qalbimizga faxr-iftixor tuyg‘ularini baxsh etadi.
Demakki, bayrog‘imiz bizning g‘urur va iftixorimizdir. Uni e’zozlash qadr-qimmatimizni yuksaltirib, bugunimiz va kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.
N.Rahmonova, O‘zA