Davlat mukofotlari egalariga topshirildi
Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida davlatimiz rahbari farmoni bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar xodimlari, ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ilg‘orlari, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot sohalari fidoyilari, huquq-tartibot idoralari vakillaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 16 nafar sirdaryoliklar ham bor.
Sirdaryo viloyati hokimligida mukofotlar o‘z egalariga tantanali topshirildi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, viloyat jamoatchiligi, korxonalar va tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari qatnashdi.
[gallery-13342]
Taqdirlanganlar nomidan so‘zga chiqqan “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi O.Abdullayeva, “Do‘stlik” ordeni sohibi L.Kim, ll darajali “Salomatlik” ordeni sohibi Sh.G‘aybullayeva kamtarona xizmatlari qadrlanib, davlat mukofotiga munosib ko‘rilgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Ular mazkur e’tirof o‘zlaridagi mas’uliyat hissini yanada oshirgani hamda kelgusida xalqimiz manfaati, mamlakatimiz rivoji yo‘lida yanada samarali mehnat qilishga undashini alohida ta’kidladi.
Sh.Suyarov, Sh. Ortiqboyev,(surat) O‘zA.