Davlat fuqarolik xizmati zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etiladi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi bilan hamkorlikda o‘quv-trening tashkil etildi.
“Zamonaviy davlat fuqarolik xizmatida faol yondashuv, samarali ijro va fuqaroga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish” mavzusidagi mazkur respublika seminarida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomiga ega 33 ta tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
[gallery-29413]
Tadbirda davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, qaror qabul qilish samaradorligini oshirish hamda muloqot madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat boshqaruvida samarali foydalanish, raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Savol-javoblar va amaliy muhokamalar orqali ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Uch kunlik tadbir doirasida ishtirokchilar Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27–28-aprel kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida ko‘zdan kechirilgan ob’ekt va loyihalar faoliyati bilan ham tanishdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA