Dasturchi va kashfiyotchi bolalar tanlovi
Tanlov gʻolib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Navoiy shahar Yoshlar markazida beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida “Yilning eng yaxshi dasturchisi” hamda “Kashfiyotchi bolalar” koʻrik-tanlovlarining mamlakat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Navoiy viloyat hokimligi, Respublika “Barkamol avlod” bolalar texnik ijodiyoti markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 70 nafar yosh isteʼdod sohibi qatnashdi.

Ishtirokchilar “Avtomodel”, “Avia-raketomodel”, “Robototexnika” yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlagan ixtirolarini hakamlar hayʼati eʼtiboriga taqdim etdi.
Tanlov gʻolib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
