Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi
2026-yil 13-apreldagi O‘RQ-1128-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmagani BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda har yili 1-maygacha maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi ko‘zda tutildi.
Mazkur axborotga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zA