Chorvachilikda istiqbolli loyihalar
Namangan viloyati Pop tumanidagi “Toʻda naslli chorvalari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida Avstriya davlatidan keltirilgan 64 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda.
Namangan viloyati Pop tumanidagi “Toʻda naslli chorvalari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida Avstriya davlatidan keltirilgan 64 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda.
Loyiha qiymati 2,9 milliard soʻmni tashkil etgan xoʻjalikda 15 kishining ish bilan bandligi taʼminlangan. Boquvdagi chorva mollarining mahsuldorligi mahalliy zotlarga nisbatan juda yuqori boʻlib, loyihaning navbatdagi bosqichida Avstriyadan yana 36 bosh qoramol keltirilishi rejalashtirilgan. Hozirda ushbu maqsadga yoʻnaltirilgan bank krediti olish uchun hujjatlar hozirlanmoqda.
Faoliyatni kengaytirish evaziga kelgusida xoʻjalik qoshida sut va goʻshtni qayta ishlaydigan sex tashkil etish, el dasturxoniga kolbasa, pishloq, qatiq, smetana singari mahsulotlarni yetkazib berish niyat qilingan.