Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi
Andijonda chim ustida xokkey bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida U-16 yosh toifasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘smirlar o‘rtasida chim ustida xokkey bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash hamda ularning mahoratini oshirish maqsadida Andijon shahridagi “Xalqlar do‘stligi” o‘yingohida o‘tkazilgan mamlakat kubogi o‘yinlarida 8 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.


Qizg‘in va murosasiz bahslar asosida o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, “Andijon-2” jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.



Ikkinchi o‘rin “Andijon-1”, uchinchi o‘rin esa “Namangan-2” jamoalariga nasib etdi. Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari