Chet tili bilimdonlari test topshirdi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har oyda o‘tkaziladi. Imtihonlarda ishtirokchilarning bilimi 2 bosqich – yozma va gapirish ko‘nikmasini baholash qismi bo‘yicha baholanadi.
Jarayondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga B1, B2 va C1 darajali sertifikatlar taqdim etiladi.
[gallery-25315]
B2 darajali sertifikatga ega talabgorlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda ushbu fandan maksimal ball beriladi. C1 darajaga ega chet tili fani o‘qituvchilariga amaldagi normativ huquqiy hujjatlarga asosan lavozim maoshlariga 20 foiz ustama haq to‘lanadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA