Chavandozlarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Rossiyada ot sporti bo‘yicha tashkil etilgan «Maxima masters stars Eurasia» xalqaro turnirining jamoaviy bahslarida chavandozlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqada Bekzod Qurbonov, Xurshidbek Olimjonov, A’zam Tolibboyev va Umid Komilovdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda Rossiya va Qirg‘iziston terma jamoasi oltin hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: «Maxima masters Eurasia» xalqaro turnirining yakkalik bahslarida Bekzod Qurbonov, Alena Derevyank, Ermuhammad Fozilxo‘jayev va Bekzod Ergashboyev kabi sportchilarimiz oltin medal bilan taqdirlangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA