Buyuk Sohibqiron - rassom nigohida (+video)
“Rassom ustaxonasi”
“Rassom ustaxonasi” loyihasining bu galgi qahramoni iste’dodli rassom Mas’ud Xolov.
Ona yurt o‘tmishiga bo‘lgan chuqur qiziqish, uning ulug‘vorligi va ma’naviy qudratini aks ettirish istagi musavvirning bolalik orzularidan boshlanib, bugungi kunda ham uning ijodiy yo‘lini belgilab kelmoqda. U o‘z asarlarida tarixni qayta tiriltiradi, unutilgan qahramonlarni yana bir bor xalq xotirasiga qaytarishga intiladi.
Ayniqsa, rassom milliy qahramonlar siymosini yaratishda alohida mahoratini namoyon etgan. Uning qalamida buyuk ajdodlarimiz — Sohibqiron Amir Temur, Shayboniyxon, Abdullaxon II, Ubaydullaxon II va Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslar yangi badiiy nafas bilan gavdalanadi. Har bir obrazda qudrat, matonat va tarixiy ruh uyg‘unlashgan.
Mas’ud Xolov ijodi — bu nafaqat san’at, balki millat xotirasiga bo‘lgan ehtirom, o‘tmishga bag‘ishlangan samimiy ehsos va kelajakka yo‘naltirilgan ma’naviy merosdir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/YiAnB8Gs1bU?si=QTbXxHhv0OAwDUTR" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA