Buxoroda yangi gastronomik ko‘cha ochildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi Olim Xo‘jayev mahallasida yangi tashkil etilgan, milliy an’analar va zamonaviy infratuzilma uyg‘unlashgan 24/7 rejimida ishlaydigan ko‘cha faoliyat boshladi.
Ko‘chada 90 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti faoliyati tashkil etildi. Tadbirkorlik binolarining birinchi qavatida turli kafelar, restoran va strit-fud (ko‘cha taomlari) shoxobchalari mavjud.
[gallery-26971]
Yangi gastronomik ko‘cha bugungi kunda shahar aholisi va mehmonlar uchun maroqli dam olish, oilaviy hordiq chiqarish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, hududda zamonaviy piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etildi, ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi, ichimlik va issiqlik suvi quvurlari yangilandi, atrofga manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.
Ramziy ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov qatnashdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA