Buxoroda senator murojaatchilar bilan uchrashdi
Doimiy asosda ishlovchi Oliy Majlis Senati a’zolari joylarda bo‘lib, mahalliy Kengashlar deputatlari, aholi, xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Uchrashuvlardan asosiy maqsad “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi mazmun-mohiyatini aholi orasida tushuntirishdan iborat. Shuningdek, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda Senatga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganishdir.

Buxoro viloyatida bo‘lib turgan Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Cho‘lliyev Kogon shahridagi Transport kollejida Arabxona mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi. Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlar va boshqa qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Sh.Cho‘lliyev xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyati mudirlari bilan muloqotda bo‘ldi. Muloqot davomida ularning vazifalari tushuntirildi. Senator parlament yuqori palatasining yaqinda o‘tkazilgan o‘n ikkinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar haqida ma’lumot berdi.

Senator Buxoro shahridagi 1-sektorda hamda Buxoro tumanidagi “Rabotak” MFYda fuqarolar bilan uchrashdi. Ularning murojaatini tingladi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga mas’ullar bilan birga yechim topdi. Jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Zarif KOMILOV,
Tohir ISTATOV olgan suratlar.
O‘zA