Buxoroda jinoyatlar soni kamaygan
Buxoro viloyatida joriy yilning 9 oyi mobaynida 3 ming 462 ta jinoyat qayd etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 0,23 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar esa 6,37 foizga kamaygan.
Qayd etilgan jinoyatlarning 100 ming aholi soniga nisbati o‘rtacha 175,1 tadan to‘g‘ri kelib, bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan 4,8 taga kamaygan. Jami ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 2 307 tasi ya’ni oldini olish mumkin bo‘lgan, 1 155 tasini huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar tashkil etadi.
Jinoyatlarning 1 799 tasi yoki 51,8 foizi Buxoro shahri, G‘ijduvon va Buxoro tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 749 ta firibgarlik, 459 ta o‘g‘irlik, 351 tasi tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan. 252 ta yo‘l-transport hodisalari va 1 651 ta boshqa jinoyatlar.
Viloyatda 9 oyda axborot texnologiyalari yordamida jami 106 ta jinoyat sodir etilgan. Shundan 50 tasi plastik karta bilan bog‘liq firibgarlik, 52 tasi plastik karta bilan bog‘liq o‘g‘rilik, 3 tasi plastik karta bilan bog‘liq o‘zlashtirish, 1 tasi plastik karta bilan bog‘liq telekomunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda foydalanish jinoyatlaridir.
Zarif Komilov, O‘zA