Buxoroda ham test sinovlari yakunlandi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida ham 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari o‘z yakuniga yetdi.
Imtihonlar Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi va “Yoshlik” sport majmuasida belgilangan jadval asosida o‘tkazildi.
[gallery-18428]
Viloyatda jami 40 ming 875 nafar abituriyentdan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 38 ming 56 nafari test jarayonlarida ishtirok etdi. 2819 nafari imtihonda qatnashmadi, 5 nafari esa tartib qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA