Buxoroda 4-sektor bog‘lari tashkil etilmoqda
Buxoro viloyatining 4-sektor hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Loyiha doirasida har bir hududda bo‘sh, o‘zlashtirilmagan yer maydonlarida sektor bog‘lari tashkil etilishi belgilangan. Tumanlarda 4-sektor bog‘lari tashkil qilinayotgani ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmoqda.


Shunday tashabbuslardan yana biri Jondor tumanidagi 4-sektor hududida amalga oshirildi. Unda mahalla faollari, yoshlar yetakchilari sektor ishchi guruhi bilan birgalikda “Quyi Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1 gektarga yaqin qarovsiz yer maydoni obodonlashtirildi. Bu yerga 1000 tupdan ortiq turli xildagi mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi. Sektor ishchi guruhi endi “Sektor bog‘i” deb nom berilgan ushbu obod manzildagi ko‘chatlarni parvarishlab, ularning baravj rivoj topishiga ham mas’ul bo‘ladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatning 4-sektor hududlaridagi ijtimoiy ob’ektlar atrofi, mahalla guzarlari, yo‘l yoqalari hamda o‘zlashtirilgan yer maydonlarida 13 ming 600 donadan ortiq turli ko‘chatlar ekildi.


Zarif Komilov, O‘zA