Bugun tug‘ilgan kun— Tamaraxon Oripova
Tamaraxon Oripova 1953 yil 11 iyulda Samarqand shahri xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1976 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tugatgan. 1992 yildan 2003 yilgacha O‘zR FA Immunologiya instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini lavozimida ishlab, bolalar immunopatologiyasi laboratoriyasini tashkil qildi va boshqardi.
2003 yildan to hozirgi vaqtgacha O‘zR FA Immunologiya instituti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2007 yilda T.Oripova professor ilmiy unvoniga va 2017 yil akademik ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Uning 380 dan ko‘proq ilmiy ishlari chop etilgan.
Tamaraxon Oripovaning tahriri asosida O‘zbekiston Respublikasi aholisining immun statusi xaritasi, immunologik va genetik pasportlari ishlab chiqildi. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib odam qonining periferik hujayralarida viruslar genomini (V va S gepatit viruslari, sitomegalovirus, oddiy gerpes virusi, Epshteyn-Barr virusi va b.q.) aniqlash uchun yangi usul ishlab chiqildi va amaliyotga kiritildi
U MDH davlatlari allergolog va immunologlar xalqaro jamiyatining a’zosi, O‘zbekistonda bolalarda astmani oldini olish va davolash bo‘yicha ISAAC xalqaro dasturi koordinatori, InterPreGen xalqaro konsorsiumi 7 ramkali Yevrosoyuz dasturining O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha mas’ul vakilidir.
Yaqinda o‘zbek olimasi, akademik Tamara O‘ktamovna Oripova Rossiya Federatsiyasining “Tibbiy genetikaga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” oltin medal bilan ham taqdirlandi.
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
E-mail: @UzA_pochta
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
O‘zA