Bugun tug‘ilgan kun – Sherzod Shermatov
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov 1977 yil 7 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Sh.Shermatov 1998 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2000 yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Yel universitetini bitirgan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta iqtisod bosh boshqarmasida bosh iqtisodchisi vazifasidan boshlagan.
Sh.Shermatov 2021 yil O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasiga tayinlangunga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Xususan, Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri bo‘lgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!