Bugun tug‘ilgan kun – Laziz Qayumov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Laziz Qayumov 1930 yil 23 aprelda Qo‘qonda tavallud topgan.
U 1952 yil O‘rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)filologiya fakultetini tugatgan. Laziz Qayumov keyinchalik ushbu ta’lim dargohida faoliyat olib bordi. Bir qator markaziy gazetalarda bosh muharriri bo‘lib ishladi. Uning rahbarligida 20 dan ziyod fan nomzodlari va doktorlari yetishib chiqdi.
“Shoira Zulfiya”, “Olmos iste’dod”, “Zamondoshlar”, “Asr va nasr” kabi asarlarida adabiyotshunoslik, o‘zbek adabiyotiga oid muammolar ochib berildi.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Laziz Qayumov 2004 yil olamdan o‘tgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan, qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!