Bugun tug‘ilgan kun – Jo‘rabek Mirzamahmudov
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 1979 yil 13 yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan.
U 2001 yilda “Umid” jamg‘armasi granti asosida AQSHdagi “Alabama” universitetini, 2005 yilda esa Toshkent kimyo texnologiyalari institutini tamomlagan. Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘tgan yillar davomida qator mas’ul lavozimlarda ishladi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri bo‘lib ishlagan. Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” boshqaruvi raisi o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-2022 yillar “O‘zatom” agentligini boshqargan. 2019-2020 yillarda u O‘zbekiston Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, 2020 yildan 2022 yilning sentyabriga qadar “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2022 yilning 29 sentyabr kuni Prezident farmoni bilan Bosh vazirning yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlangan.
Jo‘rabek Mirzamahmudov 2023 yildan O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37