Bugun tug‘ilgan kun (xotira)
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Farhod Alimov 1947 yil 23 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Farhod Alimov 1947 yil 23 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Professor Farhod Alimov 1970 yil Toshkent davlat konservatoriyasini xalq cholg‘ulari fakultetini tamomlagan. Kompozitor, dirijor va mohir sozanda Farhod Alimov o‘zbek musiqa san’ati rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan ijodkorlardan sanaladi. Uning qator vokal-simfonik asarlari, xalq cholg‘ulari orkestri uchun yaratgan cholg‘u kuylari, qo‘shiqlari zamonaviy o‘zbek musiqasi madaniyatidan keng o‘rin olgan.
San’at sohasi vakillari o‘zaro suhbatlarda, uchrashuvlarda Farhod Alimovning O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasidagi samarali faoliyatini ko‘p yodga oladi. Farhod Alimov 2014 yil olamdan o‘tgan.
Ijodkorning 20 dan ortiq musiqali drama va komediyalari Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri repertuaridan mustahkam o‘rin olgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!